Zal va stollar
Har bir stol, so'ri va xona ko'z oldingizda: qaysi biri band, qancha hisob ochiq, qachondan beri o'tiribdi.
Stollar, tez sotuv, ombor, xarajatlar, mijozlar va xodimlar — bitta tizimda. Kompyuterda, planshetda va telefonda Telegram orqali ishlaydi. Internet uzilsa ham to'xtamaydi.
Har bir bo'lim kundalik ish uchun yaratilgan: ochdingiz, sotdingiz, hisobni ko'rdingiz.
Har bir stol, so'ri va xona ko'z oldingizda: qaysi biri band, qancha hisob ochiq, qachondan beri o'tiribdi.
Olib ketish va yetkazib berish uchun kassa: bir necha bosishda chek. Bir vaqtda bir nechta mijozga xizmat qilasiz.
Ofitsant telefonida Telegram ochadi, stolni tanlaydi, buyurtmani yozadi. Hech qanday ilova o'rnatish shart emas.
Kirim va chiqim, har bir mahsulot qoldig'i. Sotilgan mahsulot ombordan o'zi yechiladi.
Kunlik, haftalik, oylik savdo, xarajatlar va sof foyda — bosh sahifada, grafik bilan.
Ofitsant, kassir, menejer — har biriga o'z lavozimi va ruxsatlari. Kim qaysi buyurtmani ochgani ko'rinadi.
Doimiy mijozlar, telefon raqamlari, manzillari va xarid tarixi bir joyda.
Internet uzilsa savdo to'xtamaydi: sotuvlar qurilmada saqlanadi, internet qaytganda o'zi sinxronlanadi.
58 va 80 mm termoprinterlar uchun chek. Har bir sotuvdan keyin darhol.
Kompyuter, planshet yoki telefon — brauzer bo'lsa bo'ldi.
Biz bilan bog'lanasiz, biznes turini tanlaysiz: kafe (zal, stollar) yoki do'kon (tez kassa). Bir necha daqiqada tayyor.
Mahsulotlar, kategoriyalar va stollarni kiritasiz. Xodimlarga telefon raqam va parol berasiz — har biri o'z lavozimida.
Ofitsantlar Telegram orqali buyurtma yozadi, kassir hisobni yopadi, siz bosh sahifada natijani ko'rasiz.
So'ri, stol va xonalar bo'yicha ochiq hisoblar. Ofitsant telefondan buyurtma qo'shadi, kassir yopadi.
Zal, olib ketish va yetkazib berish bir tizimda. Mijozlar bazasi va manzillar saqlanadi.
Do'kon rejimi: tez kassa, shtrix-kod, ombor qoldig'i va kirim/chiqim hisobi.
Ikkala tarifda ham barcha imkoniyatlar ochiq. Yashirin to'lovlar yo'q.
Har oy to'lanadi, istalgan vaqt to'xtatasiz
Bir marta to'lanadi, 12 oy
Narxlar bitta savdo nuqtasi uchun. Bir nechta filial bo'lsa — bog'laning, alohida taklif beramiz.
WPOS — O'zbekistondagi choyxona, kafe, restoran va do'konlar uchun onlayn POS (kassa) tizimi. Sotuv, stollar, ombor, xarajatlar, mijozlar va xodimlarni bitta joydan boshqarasiz. Brauzerda ishlaydi, o'rnatish shart emas.
Oylik tarif — 99 000 so'm (odatiy narx 199 000 so'm, hozir 50% chegirma bilan). Yillik tarif — 1 000 000 so'm. Ikkala tarifda ham barcha imkoniyatlar ochiq.
Ha. Ofitsant va kassirlar Telegram mini ilova orqali telefonda ishlaydi: stolni tanlab, buyurtmani yozadi, hisobni yopadi. Kompyuter va planshetda ham to'liq ishlaydi.
Tez sotuv ekrani internetsiz ham ishlaydi: sotuvlar qurilmada saqlanadi va internet qaytganda avtomatik sinxronlanadi. Hech bir sotuv yo'qolmaydi.
Ha. WPOS ikki rejimda ishlaydi: kafe rejimi (zal, stollar, ofitsantlar) va do'kon rejimi (tez kassa, shtrix-kod, ombor). Rejim sozlamalardan bir bosishda tanlanadi.
Biz bilan bog'laning — bir necha daqiqada hisob ochib beramiz. Keyin mahsulotlar va stollarni kiritasiz, xodimlarga telefon raqam va parol berasiz, ishni boshlaysiz.
Telegram yoki Instagram orqali yozing. Birinchi sotuvgacha yordam beramiz.